Pensiya tizimini tubdan isloh qilish konsepsiyasi ishlab chiqiladi
2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida pensiya tizimini tubdan isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqish belgilangan.
Loyihada:
- pensiya tizimini tubdan isloh qilish yo‘nalishlari;
- uch darajali pensiya ta’minoti tizimiga o‘tish orqali pensiya badalini to‘lashdan manfaatdorlikni oshirish;
- fuqarolar pensiyaga chiqishda faqat pasport bilan borib, murojaat qiladigan mexanizmni yaratish;
- davlat arxivi tizimini elektron shaklga o‘tkazish nazarda tutiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter