Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pensiya tayinlashda talab qilinadigan hujjat turlari qisqardi

Pensiya tayinlashda talab qilinadigan hujjat turlari qisqardi

Foto:«Xabar.uz»

Prezidentning tegishli qaroriga asosan fuqarolardan 28 turdagi ma’lumotnomani talab etish taqiqlangan. Bu haqda "Huquqiy axborot" eslatib o‘tdi. 

Jumladan, Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan quyidagi 6 turdagi hujjatlar talab qilinmaydi.

- Turar joyda yashovchi shaxslar ko‘rsatilgan holda ma’lumotnoma;
- Oila a’zolarining pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turganligi holatini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
- Qaramog‘ida mehnatga layoqatsiz oila a’zolari borligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
- Vafot etgan boquvchining qaramog‘idagi oila a’zolari tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
- Shaxsiy yordamchi xo‘jaligida qoramol mavjudligi yoki qishloq xo‘jalik mahsulotlarining boshqa turlarini yetishtirish bilan bandligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
- Dafn o‘tkazilganligi holatini tasdiqlash uchun ma’lumotnoma.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring