Pensiya jamg‘armasi pensionerlarga murojaat bilan chiqdi
Prezidentning 2017-yil 2-fevraldagi qaroriga muvofiq pensiya va nafaqalar to‘lovi har oyning birinchi bank ish kunidan boshlanib, oyning 27 sanasiga qadar kunlik grafik asosida (dam olish kunlaridan tashqari) mahalla fuqarolar yig‘inlari va fuqarolarning yashash manziliga yetkazilmoqda.
2022-yilning 1-4-yanvar kunlari respublikamizda barcha soha vakillari uchun dam olish kuni deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan Pensiya jamg‘armasi aholiga murojaat qildi.
«Xalqimiz o‘rtasida tushunmovchiliklar yuzaga kelishini oldini olish hamda pensiya va nafaqa oluvchilarning ovoragarchiliklariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, Pensiya jamg‘armasi va Xalq banki quyidagini ma’lum qiladi:
- yanvar oyi uchun pensiya va nafaqalar naqd pul shaklida tarqatilishi hamda bank kartalariga yuklanishi 5-6-yanvar sanasidan boshlab belgilangan muddatlargacha to‘lanishi ta’minlanadi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter