Partiya vakili Toshkentga kirish uchun viloyatliklarga talon joriy qilishni taklif qildi (video)
Bugun, 11-dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klubning sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
«O‘zbekiston 24» va «Yoshlar» telekanallari orqali namoyish qilingan ushbu sessiyada fuqarolarning viloyatlardan poytaxtga kelib-ketishi, Toshkent propiskasi kabi masalalar ham ko‘tarildi.
Mavzu yuzasidan O‘zbekiston ekologik partiyasi vakili Ulug‘bek Pirmuhammedov shunday taklif bildirdi:
«Masalan, bir kishi Qo‘qon shahridan Toshkentga kelmoqchi deylik. O‘sha Qo‘qon shahridagi o‘zining profilaktika inspektoriga uchrashib, aynan ikki kundan keyin yoki ertasiga Toshkentga ketishi bo‘yicha ogohlantirib, undan talon olib ketsa va bu onlayn tarzda o‘sha hududga borishi ro‘yxatdan o‘tkazilib qo‘yilsa, o‘sha pechati bilan ko‘rsatib yurish... hozirgi kunda «uchactkoviy»ni qidirib, vaqtning yo‘qotilishiga yechim bo‘lishi mumkin», — dedi Ulug‘bek Pirmuhammedov.
Uning fikricha, shunday tizim joriy etilsa, viloyatliklarning Toshkentda muammolarga uchrashining oldi olinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter