Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Parkentning so‘lim go‘shalariga eltuvchi yangi magistral quriladi» – Shavkat Mirziyoyev

«Parkentning so‘lim go‘shalariga eltuvchi yangi magistral quriladi» – Shavkat Mirziyoyev

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda Parkent tumanini turizm markaziga aylantirish bo‘yicha takliflarini berdi.

Qayd etilishicha:

  • «Yangi O‘zbekiston» bog‘idan Parkentning so‘lim go‘shalariga eltuvchi 30 kilometr uzunlikdagi yangi magistral yo‘l quriladi;
  • Toshkent shahridan Parkentga tezyurar avtobuslar qatnovi tashkil etiladi;
  • tuman infratuzilmasiga 100 milliard so‘m ajratiladi;
  • tumanda turizm uchun maxsus soliq rejimi joriy qilinadi. Bunda tadbirkorlar 3 yil davomida aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada, mol-mulk, yer, suv soliqlarini hisoblangan summadan bor yo‘g‘i 1 foizini to‘laydi;
  • yo‘l bo‘ylarida savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish ob’yektlari barpo etilib, kamida 3 mingta yangi ish o‘rni tashkil etiladi. Bunga 200 milliard so‘m kreditlar ajratiladi.

Angren, Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaronda kamida 100 gektardan qir-adir yerlari dam olish maskanlari, dala hovlilari va yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun ochiq auksionga chiqariladi.

Ohangarondagi «Ertosh-soy» va «Ovjaz-soy» qishloqlariga «turizm qishlog‘i» maqomi berilib, infratuzilma bilan to‘liq ta’minlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring