Parkentlik yigit rashk tufayli sevgan qizini 22 marta pichoqladi (video)
Parkentning So‘qoq qishlog‘ida yashovchi Dilshod N. o‘zi ko‘ngil qo‘ygani Dilsora R.ning boshqa yigitga unashtirilishi ortidan qizni va uning bo‘lajak turmush o‘rtog‘ini pichoqladi. Qiz vafot etgan. Dilshod N.ga nisbatan esa O‘zbekiston jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi ochilgan.
«Sevimli» kanalining «Zamon» ko‘rsatuvida aytilishicha, yigit qizga oshxona pichog‘i bilan 22 marta zarba bergan. Qizning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i ham jiddiy jarohat olgan.
Sudlanuvchining otasi Ziyodullo Ulug‘boyevning aytishicha, uning o‘g‘li qiz bilan 6-7 yildan beri yaqin aloqada bo‘lib, gaplashib yurgan, lekin 5-6 marta marhumaning uyiga sovchilikka borib rad javobini olishgan. Marhumaning opasi Nilufar Hasanboyevaning ta’kidlashicha «yigitning axloqsizligi uchun» unga rad javobi berilgan.
Sud hukmi bilan ayblanuvchi 21 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Jazo umumiy tartibdagi koloniyada o‘talishi belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter