Parkentda yashirin «pul sexi» aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Parkent tuman bo‘limi xodimlari yashirin «pul sexi»ni aniqladi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.
Olingan tezkor ma’lumotlarga asosan departament vakillari DXX va IIB xodimlari bilan tezkor tadbir o‘tkazib, unda fuqarolar N.N. va P.Y.lar Parkent tumani, Xisarak qishlog‘idagi xonadonida rangli printerda 50 000 va 100 000 so‘mlik qalbaki kupyuralarni tayyorlab kelayotganliklari fosh etildi.
Tadbir jarayonida 116 dona 50 000 va 34 dona 100000 so‘mlik qalbaki kupyuralar, 94 dona 50000 va 100000 so‘mlik kupyuralarning tasviri tushirilgan A-4 hajmli qog‘ozlar hamda ularni ishlab chiqarishda foydalanilgan «EPSON» rusumli rangli printer, bo‘yoqlar va boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter