Parijda ta’lim islohotiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi
![Parijda ta’lim islohotiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi](https://static.xabaruz.com/crop/4/0/720_460_95_4046268471.jpg)
Ta’lim tizimida ko‘zda tutilayotgan o‘zgarishlarga qarshi norozilik namoyishlar. Fransiya. Parij. 2018 yil 6 fevral.
Fransiyada yuzlab yuqori sinf o‘quvchilari ta’lim tizimida ko‘zda tutilayotgan o‘zgarishlarga qarshi norozilik namoyishlarini o‘tkazdi. Bu haqda «РИА Новости» xabar berdi.
Namoyish tashkilotchilari mamlakatdagi bir qator kasaba uyushmalari, o‘quvchilar, ularning ota-onalari va pedagoglar tashkilotlaridir.
Yoshlar Parijning Lyuksemburg bog‘idan Ta’lim vazirligi tomon yurishgan. Mash’alalar yoqib, barabanlardan foydalanishgan.
Ularning noroziligining asosiy sababi 2021-yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan ta’lim islohotidir. Islohotda, masalan, maktablardagi bitiruv imtihonlariga jiddiy o‘zgarishlar kiritish nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, boshqa fransuz shaharlari, jumladan, Strasburg, Lion va Tuluzada ham norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter