Palatkada uxlab yotgan agronomlar besabab kaltaklandi
13-may kunidan 14-may kuniga o‘tar kechasi soat 03:00 da noma’lum shaxslar jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat joyi hisoblangan Mo‘ynoq tumani «Bo‘zatao‘» OFY «Shag‘irli-Porlitao‘» yo‘lining 6-7 kilometri oralig‘ida joylashgan palatka ichida uxlab yotgan agronomlar – Namangan viloyatida yashovchi 59 yoshli G.M. va Toshkent viloyatida yashovchi 57 yoshli D.K., larni urib, ularga qasddan tan jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringanlar. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Natijada G.M. va D.K., lar olgan tan jarohatlari bilan Mo‘ynoq tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Mo‘ynoq tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «B» bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov va tezkor-qidiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Mo‘ynoq tumani «Bozatao‘» OFYda yashovchi fuqarolar 21 yoshli K.S., 26 yoshli A.S. va 19 yoshli N.R.lar sodir etganliklari aniqlangan.
Jinoyat ishi bo‘yicha K.S., A.S. va N.R. lar gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinganlar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter