«O‘ztransgaz»ga yangi rais tasdiqlandi
Sharifjon Axmedovich Tursunov «O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
«O‘ztransgaz» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan Alisher Mustafoyev avvalroq o‘z vazifasidan ozod etilgandi.
Ta’kidlash lozimki, «O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyatining asosiy vazifasi respublika iste’molchilarini belgilangan tartibda tabiiy va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter