Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘ztransgaz» boshqarma boshlig‘i: «Biz yillar davomida tabiiy gaz yetishmasligini aholidan yashirib keldik»

«O‘ztransgaz» boshqarma boshlig‘i: «Biz yillar davomida tabiiy gaz yetishmasligini aholidan yashirib keldik»

«O‘ztransgaz» boshqarma boshlig‘i Akmal Eshonqulov

Foto: «O‘ztransgaz» Matbuot xizmati

Bugun Milliy matbuot markazida «O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirokida «Aholiga muntazam va uzluksiz gaz mahsulotlarini yetkazib berish borasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda ishtirok etgan tashkilot boshqarma boshlig‘i Akmal Eshonqulov aholiga yetkazib berilayotgan suyultirilgan gaz uchun ketayotgan xarajat o‘zini oqlamayotganini aytdi.

Bugungi kunda respublika bo‘yicha 6 million 143 ming iste’molchiga gaz yoqilg‘isi yetkazib berilyapti. Shulardan 3 million 300 mingdan ortiq uy-joy hamda 83 mingga yaqin ulgurji iste’molchiga tabiiy gaz, 2 million 760 ming xonadonga suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.

«Bizda gaz resurslari cheklangan. Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining ham 75 foizi tabiiy gaz orqali ishlab chiqiladi.

Biz yillar davomida odamlarga tabiiy gaz yetishmasligini yashirib keldik. Mana endi bu muammoni bo‘ynimizga olib, suyultirilgan gaz yetkazish orqali masalani hal etishga harakat qilyapmiz. Odamlarni gazsiz qoldirmaslik uchun ham suyultirilgan gaz yetkazib berilyapti, aslida unga ketayotgan xarajat o‘zini umuman oqlamaydi. Gaz tannarxidan tashqari uni yetkazib berish va boshqa xarajatlar ham bor».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring