O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalarini rasmiylashtirish uchun to‘lov miqdori ma’lum qilindi
Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari, Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida, viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari, boshqa aholi punktlarida bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘lov qilinadi.
Shuni ham aytish joiz, bir martalik to‘lovni to‘lashdan quyidagi shaxslar ozod etiladi. Xususan, bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida bir martalik yig‘imni to‘liq to‘lagan shaxslar, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar. «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimiga kiritilgan shaxslardan bir martalik to‘lov belgilangan to‘lovning ellik foizi miqdorida undiriladi.
Agar bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tuman-shahar komissiyalari tomonidan shaxsning o‘zboshimchalik bilan qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish mumkin deb topish belgilangan xulosasiga asosan dalolatnoma shakllantirilgan, biroq bir martalik yig‘im undirilmagan yoki to‘liq hajmda undirilmagan bo‘lsa, u holda bir martalik to‘lov ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq undiriladi. Bunda bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida undirilgan bir martalik yig‘im summasi inobatga olinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter