«O‘zbekneftgaz»: Nufuzli kompaniyalarida ish tajribasiga ega o‘zbekistonlik va xorijlik mutaxassis (ekspat)lar ochiq tanlov asosida ishga taklif etiladi

«O‘zbekneftgaz» AJ yangi tashkil etiladigan quyidagi lavozimlarga chet el kompaniyalarida tegishli yo‘nalishlarda ish tajribasiga ega yuqori malakali o‘zbekistonlik va chet ellik mutaxassis (ekspat)larni ishga qabul bo‘yicha ochiq tanlovda ishtirok etishga taklif etadi:
- Ichki audit xizmati boshlig‘i (lavozim talabnomasi ingliz tilida/rus tilida);
- Raqamlashtirish va avtomatlashtirish Loyiha ofisi rahbari (lavozim talabnomasi ingliz tilida/rus tilida);
- Xaridlar bo‘yicha Loyiha ofisi rahbari (lavozim talabnomasi ingliz tilida/rus tilida);
- Geologiya departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari (lavozim talabnomasi ingliz tilida/rus tilida);
- Uglevodorodlarni qazib chiqarish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari (lavozim talabnomasi ingliz tilida/rus tilida);
- Iqtisod va rejalashtirish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari (lavozim talabnomasi ingliz tilida/rus tilida);
- Kapital qurilish va loyihalashtirish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari (lavozim talabnomasi ingliz tilida/rus tilida);
- Burg‘ulash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish guruhi rahbari (lavozim talabnomasi ingliz tilida/rus tilida);
- Quduqlarni kapital ta’mirlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish guruhi rahbari (lavozim talabnomasi ingliz tilida/rus tilida).
«O‘zbekneftgaz» AJ ishga qabul qilingan nomzodlar bilan 12 oylik shartnoma imzolanadi. Raqobatbardosh oylik maosh va ijtimoiy kafolatlar taqdim etiladi.
Ochiq tanlovda qatnashish uchun nomzodlar anketa-rezyumelarini tanlangan lavozimni nomini elektron xat mavzusiga yozib, [email protected] elektron pochta manziliga 2022 yil 9 oktyabr sanasiga qadar qabul qilinadi.
Hurmatli nomzodlar! Lavozim talablariga mos kelmagan nomzodlarga javob xati yuborilmasligini ma’lum qilamiz!
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter