Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning dunyo xayriya reytingidagi o‘rni ma’lum qilindi

O‘zbekistonning dunyo xayriya reytingidagi o‘rni ma’lum qilindi

Charities Aid Foundation xalqaro xayriya tashkiloti tomonidan tuziladigan yillik Butunjahon xayriya indeksida O‘zbekiston 36-o‘rinni egalladi.

Reyting tuzuvchilari ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda O‘zbekiston aholisining (katta yoshdagi) 59 foizi notanishlarga yordam bergan, 58 foizi pul mablag‘ini xayriya qilgan va 18 foizi xayriya tadbirlarida ko‘ngilli sifatida ishtirok etgan. Umumiy hisobda bu O‘zbekistonga reytingda 45 ball keltirgan.

Reytingda Markaziy Osiyo davlatlari orasidan Tojikiston yetakchi — 24-o‘rin. Qirg‘iziston 34-o‘rinda, Qozog‘iston esa 107-o‘rinda qayd etilgan.

Indoneziya qatorasiga oltinchi yil reytingda peshqadam bo‘lib turibdi. Ukraina birdaniga 13 pog‘onaga ko‘tarilib, ikkinchi o‘ringa chiqqan. Reytingning yuqori o‘nligiga Keniya, Liberiya, AQSh, Myanma, Kuvayt, Kanada, Nigeriya va Yangi Zelandiya ham kirgan.

Eng quyi pog‘onalarni Moldova, Rossiya, Mali, Gruziya, Bangladesh, Mozambik, Qozog‘iston va Botsvana egallagan.

O‘zbekiston ushbu reytingda 2014 yilda 28-o‘rinni, 2015 yilda 27-o‘rinni, 2016 yilda 11-o‘rinni, 2017 yilda 38-o‘rinni egallagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring