O‘zbekistonliklar mart oyida necha kun dam olishi ma’lum bo‘ldi
2018-yil 12-noyabrda Prezident farmoni bilan 2019-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar belgilanib, dam olish kunlari ko‘chirilgandi.
Unga ko‘ra, 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar mart oyida 13 kun dam olishadi, haftasiga 6 kun ishlaydigan xodimlar esa martda 8 kun dam olishadi.
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami haftaning juma kuniga to‘g‘ri keladi, 5 kunlik ish haftasida ishlovchi xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishadi.
Navro‘z bayramida esa haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar (4 kun ketma-ket) dam olish kuni hisoblanadi:
21-mart – payshanba (Navro‘z bayrami);
22-mart – juma (qo‘shimcha dam olish kuni);
23-mart – shanba;
24-mart – yakshanba.
Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:
21-mart – payshanba (Navro‘z bayrami);
22-mart – juma (qo‘shimcha dam olish kuni);
24-mart – yakshanba.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter