Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar endi Rossiyada taksichilik qila olmaydi

O‘zbekistonliklar endi Rossiyada taksichilik qila olmaydi

Foto: «Zarnews.uz»

Rossiya davlat Dumasida ikkinchi marta o‘qilishda qabul qilingan qonunga ko‘ra, bundan buyon Rossiyada chet el kapitaliga yoki chet el kapitali bilan sheriklikda aholiga taksi xizmatlari ko‘rsatadigan korxonalar ochib, ishlatib bo‘lmaydi. Borlari ham yopiladi.

Yangi qonunga ko‘ra, taksi xizmati ko‘rsatadigan firma faqat Rossiya fuqarosi nomiga va Rossiya fuqarosi kapitali hisobidan ochilgan bo‘lishi shart. Bu haqda Dumadagi transport va qurilish qo‘mitasi rahbari Yevgeniy Moskvichev ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, endi taksi faoliyati bilan shug‘ullanadigan firma Rossiya kapitali hisobidan, faqat Rossiya fuqarosi nomiga ochiladi. Shuningdek, endi Rossiya fuqarosi bo‘lmagan shaxslar taksichi bo‘lib ishlay olmaydilar.

Ko‘pchilikka ma’lum, bugun Rossiyaning turli shaharlarida yurtdoshlarimiz taksichilik bilan shug‘ullanadilar. Yangi qonunga ko‘ra endi ular taksichilik bilan shug‘ullanish uchun Rossiya pasportini olishlari kerak. Aks holda boshqa ish qidirishlariga to‘g‘ri keladi.

Yana bir o‘zgarish bu mashinalarning holati bo‘yicha bo‘ldi. Endi qonunga ko‘ra ishlab chiqarilganiga 7 yildan oshgan mashinalarda taksi faoliyati bilan shug‘ullanib bo‘lmaydi. Yevgeniy Moskvichevning so‘zlariga ko‘ra, bu o‘zgarishlardan maqsad mijozlarga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatishdan iborat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring