O‘zbekistonlik mutaxassis Jahon bojxona tashkilotida ish boshladi

Davlat bojxona qo‘mitasi bosh inspektori Ulug‘bek Tadjiyev mazkur tashkilotning Karerani oshirish dasturi doirasida Jahon bojxona tashkilotining Bojxona xizmatlari salohiyatini mustahkamlash bo‘limida faoliyat olib boradi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
JBTning Karerani oshirish dasturi 10 yildan beri faoliyat yuritadi. Dasturda bu yil O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Tojikiston vakillari ishtirok etgan bo‘lsa-da, g‘oliblik yurtdoshimizga nasib etdi.
O‘zbekistonlik mutaxassisni jamoaga shaxsan Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Kunio Mikkuria tanishtirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter