O‘zbekistonlik jurnalistlar Turkiyada magistratura va doktoranturaga o‘qishga tavsiya etiladi
2018-yilning 14-iyul kuni O‘zbekiston mustaqil bosma OAV va Axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda Turkiya Jumhuriyati Kastomonu Davlat Universiteti bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
O‘zbekiston va Turkiya rahbarlarining davlat tashriflaridan so‘ng, davlatlar muassasalari o‘rtasida keng hamkorlik munosabatlari o‘rnatila boshlandi. E’tiborli jihati shundaki, Jamoat fondi Turkiya Davlat ta’lim muassasasi bilan o‘zaro hamkorlik bitimi imzolagan birinchi nodavlat notijorat tashkilot bo‘ldi.
Memorandumni Turkiya Jumhuriyati tomonidan Kastomonu Davlat Universiteti hay’ati rahbari, universitet rektori, professor va fan doktori Sayid Aydin, O‘zbekiston mustaqil bosma OAV va Axborot Agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlatirish Jamoat fondi direktori Said-Abdulaziz Yusupovlar tomonidan imzolandi.
Ushbu memorandumga muvofiq Jamoat fondi har yili O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 10 nafar jurnalistni Kastomonu Davlat Universiteti jurnalistika fakulteti magistratura va doktoranturasiga o‘qishga tavsiya etadi. Ushbu tavsiyaga ko‘ra, talabalar imtihonsiz va bepul ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bundan tashqari, memorandumda yilda 2 marta o‘zbekistonlik jurnalistlar uchun Kastomonu Davlat Universitetida xalqaro seminarlarda ishtirok etish imkoniyati yaratildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter