O‘zbekistonlik futbolchi vafot etdi

Samarqandning «Dinamo» futbol klubi sobiq futbolchisi Sirojiddin Sayfiyev 37 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda «GoSport» xabar bermoqda.
Sirojiddin Sayfiyev uzoq vaqtlardan buyon o‘pka saratoni kasalligi bilan kurashib kelayotgandi. 2016-yilda saraton o‘simtasi uning bosh qismida ham aniqlanadi.
Bir necha marotaba turli nashrlarda uning sog‘lig‘ini yaxshilash va davolanishiga ko‘maklashish maqsadida «Taslim bo‘lma, Siroj», «Biz sen bilan Siroj» kabi aksiyalar tashkil qilingandi.
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali jamoasi marhumning oila a’zolariga hamdarlik bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter