Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga rekord darajada issiq kelmoqda

O‘zbekistonga rekord darajada issiq kelmoqda

Foto: «Xabar.uz»

O‘zgidromet yana shoshilinch axborot tarqatdi.

Joriy yilning 17-22 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi kuchayishi sababli kunduz kunlari havo harorati rekord darajada ko‘tarilishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 44-47 darajagacha;

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 42-45 darajagacha;

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 41-43 darajagacha ko‘tariladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol chang to‘zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ayrim joylarda shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Tadqiqotchi Erkin Abdulahatovning izoh berishicha, ko‘plab hududlarda kuzatuvlar tarixidagi rekord issiqlik ko‘rsatgichlari yangilanadi.

Bu issiq havo to‘lqini davomli (5 kun) bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Juda ham ko‘plab tarmoqlarga bu issiqlikning ta’siri yaqqol seziladi.

Toshkent viloyati, xususan, poytaxt Toshkent uchun ham +45 darajalik issiq harorat kutilmasi bu rekord darajadagi issiqlik ko‘rsatgichidir.

1870 yildan buyon poytaxt Toshkentda havo harorati +45 darajaga yetmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring