Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga «Coca-Cola»ning eski brendi qaytadi

O‘zbekistonga «Coca-Cola»ning eski brendi qaytadi

Foto: «Sputnik»

«Coca-Cola» kompaniyasi O‘zbekistonga «FuseTea» yaxna choy ishlab chiqarishni qayta tiklashga qaror qildi. Bu haqda «Sputnik» nashri xabar berdi.

«Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MChJ bosh direktori Faxriddin Normatovning aytishicha, joriy yilda kompaniya yangi turdagi mahsulotlar, jumladan, «FuseTea» brendini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

2018-yil hisobidan kompaniya 50 milliondan ortiq yunitkeyslar hajmida ichimliklarni ishlab chiqarish va sotish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «FuseTea» yaxna choyi O‘zbekiston bozorlarida bir necha yil avval yo‘qolib ketgan edi. Umuman olganda, respublikada kompaniyaning mahsulot liniyasi 5 ta markaga ega bo‘lib, ular orasida «Coca-Cola» eng mashhuri hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring