Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondagi eng «zo‘r» va «yomon» hokimlar reytingi aniqlandi

O‘zbekistondagi eng «zo‘r» va «yomon» hokimlar reytingi aniqlandi

Telegramdagi «Qo‘shni mahalla» kanali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimlari, rahbarlari reytingi bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazdi.

Ushbu so‘rovnoma natijalari quyidagicha bo‘ldi.

Hammadan ko‘proq «Zo‘r» ovozini olgan rahbarlar uchligi:

  1. Erkinjon Turdimov (Samarqand viloyati hokimi) — 48%
  2. Xayrulla Bozorov (Namangan viloyati hokimi) — 34%
  3. Shuhratbek Abdurahmonov (Andijon viloyati hokimi) — 31%

Hammadan ko‘proq «Yomon» ovozini olgan rahbarlar uchligi:

  1. Shuhrat G‘aniyev (Farg‘ona viloyati hokimi) — 63%
  2. Farhod Ermanov (Xorazm viloyati hokimi) — 60%
  3. Zafar Ro‘ziyev (Qashqadaryo viloyati hokimi) — 58%

Faoliyati «O‘rtacha» baholangan rahbarlar:

  1. Ergash Salayev (Jizzax viloyati hokimi) — 43%
  2. Qobul Tursunov (Navoiy viloyati hokimi) — 41%
  3. G‘ofurjon Mirzayev (Sirdaryo viloyati hokimi) — 41%
  4. Rustam Xolmatov (Toshkent viloyati hokimi) — 41%

Ushbu so‘rovnoma tugal xulosa chiqarish imkonini bermasa-da, uning natijalari orqali hududlar rahbarlarining amaldagi reytingini ma’lum darajada baholasa bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring