O‘zbekistonda yana bir agentlik tuzilishi mumkin
Mamlakatimizda yangi «Avtoyo‘linvest» agentligi tashkil etilishi mumkin. Prezidentning bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, respublika yo‘l jamg‘armasi negizida yo‘l xo‘jaligi sohasida xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ijrochi organ sifatida Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining «Avtoyo‘linvest» agentligi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Belgilanishicha, agentlik respublika boshqaruv organi hisoblanadi.
Shuningdek, agentlik markaziy apparati xodimlarining lavozim maoshlarini Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsenti 2,0 baravarga oshirgan holda qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, agentlik boshqaruv xodimlarining cheklangan soni – 9 shtat birligidan iborat.
Qaror loyihasi muhokamasi joriy oyning 22 sanasiga qadar davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter