O‘zbekistonda «Xotin-qizlar sport haftaligi»da 900 000 nafarga yaqin kishi qatnashdi
![O‘zbekistonda «Xotin-qizlar sport haftaligi»da 900 000 nafarga yaqin kishi qatnashdi](https://static.xabaruz.com/crop/4/1/720_460_95_4173088223.jpg)
Ayollar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida 3-8 dekabr kunlari respublika bo‘ylab «Xotin-qizlar sport haftaligi» o‘tkazildi.
Sport haftaligi davomida badantarbiya mashg‘ulotlari, sportning o‘yin turlari badminton, voleybol, stol tennisi, estafeta baxslari, shaxmat va shashka bo‘yicha sport tadbirlari o‘tkazildi.
Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, haftalik doirasida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha o‘tkazilgan 1 596 ta sport va badantarbiya tadbirlarida 900 000 nafarga yaqin xotin-qizlar ishtirok etdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi muhim vazifalar to‘g‘risida»gi majlis bayoni ijrosini ta’minlash hamda sportning o‘yin turlari bilan shug‘ullanish uchun sport ob’yektlari quvvatlaridan samarali foydalanish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan reja asosida o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter