Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda termik depressiya kuzatildi — «O‘zgidromet» 

O‘zbekistonda termik depressiya kuzatildi — «O‘zgidromet» 

Foto: Xabar.uz

Iyul oyining birinchi o‘n kunligida O‘zbekiston hududi bo‘yicha kuzatilgan qulay ob-havo sharoitidan so‘ng, ikkinchi o‘n kunligining boshida yoz o‘z ta’sirini o‘tkazishga qaror qildi.

«O‘zgidromet»ga ko‘ra, 11 iyuldan boshlab respublika hududi bo‘yicha termik depressiya kuzatildi — bu odatda O‘rta Osiyoning barcha hududlari bo‘yicha eng issiq ob-havo davri bilan bog‘liq bo‘lgan sinoptik jarayon.

Ushbu jarayon yuqori o‘rkach rivojlanishi bilan tavsiflangan, bu bilan O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq tropik havoning kirib kelishi kuchaygan.

Termik depressiyaning davomiyligi 2-3 kundan 5-7 kungacha o‘zgarib turadi, ayrim yillarda esa 1,5-2 haftagacha saqlanib turishi mumkin.

11-13 iyul kunlari issiq maksimal rivojlanish ko‘rsatkichlariga yetdi. Havo harorati +40...+42 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida +43...+45 darajagacha, Qizilqum cho‘lining g‘arbida ba’zi joylarda +46 darajagacha ko‘tarildi.

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda har yili bunga yaqin maksimal harorat qiymatlari kuzatilmoqda. Biroq, o‘tgan yillarda respublika hududi bo‘yicha o‘rnatilgan mutlaq maksimal harorat tengsiz bo‘lib qolgan.

Kuchli issiq davr uzoq davom etmadi. 13 iyul kunidan boshlab respublika shimoli-g‘arbiy hududlariga Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin havo kirib kelishi boshladi va ushbu hudud bo‘yicha harorat +5...+7 darajaga pasaydi.

12 iyulda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 13 iyulda Xorazm viloyati va Navoiy viloyati g‘arbiy tumanlarida issiq zaiflasha boshladi. Havo harorati +5...+7 darajaga pasaydi.

Respublikaning qolgan hududlarida 14 iyuldan harorat pasayishni boshladi. Dam olish kunlari havo harorati +33...+38 darajadan oshmaydi, faqat ba’zi joylarda +39...+40 darajaga yetadi. Keyingi hafta boshida havo harorati biroz ko‘tariladi, ammo bu ko‘tarilish yana qisqa muddatli bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring