O‘zbekistonda teledasturlarni efirga uzatish bir muddat cheklanadi. Buning sabablari ochiqlandi
AKT vazirligi O‘zbekistonda teledasturlarni efirga uzatish profilaktika ishlari sababli ayrim hududlarda cheklanishini aytmoqda.
Vazirlikka ko‘ra, profilaktika ishlari munosabati bilan 18 avgust kuni Respublika miqyosida va 19-25 avgust kunlari navbat bilan viloyatlarda soat 01:00 dan 10:00 gacha telekanallarni tarqatishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.
«Mamlakat aholisiga televideniye dasturlarini uzluksiz va sifatli tarqatilishini ta’minlash maqsadida «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUKning texnik qurilmalarini yillik rejalarda belgilangan muddatlarda profilaktika ishlari muntazam ravishda amalga oshiriladi», – deyiladi vazirlik izohida.
Vazirlik fuqarolarga profilaktika ishlari o‘tkazilayotgan vaqtda abonent uskunasi («tyuner» va televizor) sozlamalarini o‘zgartirmaslikni tavsiya qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter