Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda tamaki mahsulotlari narxi 50 foizga oshadi

O‘zbekistonda tamaki mahsulotlari narxi 50 foizga oshadi

Foto:«Dailystar.co.uk»

O‘zbekistonda 2018 yil uchun byudjet e’lon qilindi. Unda mahalliy byudjetlarning daromad qismi nima hisobiga to‘ldirilishi ko‘rsatilgan, deya xabar bermoqda, Sputnik.

Mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlash bo‘yicha moliyaviy manbalar sifatida maydoni bir gektardan ortiq bo‘lgan yer uchastkalarga yer solig‘i joriy etiladi.

Alkogol mahsulotlarga — 10 foizdan 27 foizga, tamaki mahsulotlari — 50 foizga va pivo — 20 foizga soliqlar ko‘paydi.

Soliq solinadigan bazaning ko‘payishini hisobga olgan holda soliq stavkasi 1,7 foizdan 0,2 foizga kamaytirish ko‘zda tutilmoqda.

Hududlarning ijtimoiy holatidan kelib chiqqan holda koeffitsiyentlarni kamaytirish mumkin. Masalan, Xorazm viloyatida joylashgan uy uchun mulk solig‘i Toshkent shahriga nisbatan 2 baravar kamroq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring