O‘zbekistonda serjantlar maktablari tugatildi

Mudofaa vazirligi tizimidagi Chirchiq, Samarqand, Qarshi, Urganch, Namangan shaharlarida joylashgan serjantlar tayyorlash maktablari o‘z faoliyatini to‘xtatdi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
2001-yilda tashkil etilgan hamda 3 va 9 oylik o‘quv kurslaridan iborat bo‘lgan serjantlar tayyorlash maktablarida 26 yo‘nalish bo‘yicha kichik komandirlar tayyorlanib, malakasi oshirib kelinayotgan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bundan buyon serjantlar tarkibi Samarqand Oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti o‘rnida tashkil etilgan Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida tayyorlanadi.
Mazkur ta’lim muassasasida 11 yo‘nalish bo‘yicha: muhandislik, avtomobil xizmati, radiatsion, kimyoviy va biologik himoya, aloqa, frontorti ta’minoti, zirhli texnikalarga xizmat ko‘rsatish, artilleriya va quruqlikdagi qo‘shinlarning havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari, radioelektron razvedka kabi yo‘nalishlar bo‘yicha 6 oy davomida kichik mutaxassislar tayyorlanadi. Ta’lim yakunida harbiy xizmatchilarga kichik serjant unvoni beriladi.
Markazning 3 oylik qayta tayyorlov o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan harbiy xizmatchilarga esa serjant va katta serjant unvonlari beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter