Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi qolgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi qolgani ma’lum qilindi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi va front orti qatnashchilarining soni 2023-yil 6-may holatiga ko‘ra 174 nafarni tashkil qiladi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar bermoqda. 

Shundan, viloyatlar kesimida quyidagicha:

Qaraqalpog‘iston Respublikasi — 3 nafar;
Andijon viloyati — 6 nafar;
Buxoro viloyati — 7 nafar;
Jizzax viloyati — 6 nafar;
Qashqadaryo viloyati — 10 nafar;
Navoiy viloyati — 9 nafar;
Namangan viloyati — 3 nafar;
Samarqand viloyati — 10 nafar;
Sirdaryo viloyati — 3 nafar;
Surxondaryo viloyati — 8 nafar;
Toshkent viloyati — 26 nafar;
Farg‘ona viloyati — 19 nafar;
Xorazm viloyati — 5 nafar;
Toshkent shahri — 55 nafar.

100 va 100 yoshdan oshgan Ikkinchi jahon urushi va front orti qatnashchilarining soni 25 nafarni tashkil qiladi. Ularning umumiy hisobda eng kichigi 78 yoshda bo‘lsa, eng kattasi 112 yoshda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring