Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda pensionerlar uchun elektron guvohnoma joriy qilinmoqda

O‘zbekistonda pensionerlar uchun elektron guvohnoma joriy qilinmoqda

Foto:«Xalq so‘zi»

O‘zbekistonda pensionerlarning elektron guvohnomasini (ID-card) joriy qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Kartadan pensiya va nafaqa oluvchilar shaxsini tasdiqlash hamda naqd pul shaklidagi to‘lovlari avtomatlashtirish maqsadida foydalaniladi.

Shuningdek, 2018-yil yakuniga qadar korxonalar pensionerni ishga qabul qilganligi to‘g‘risida Pensiya jamg‘armasiga faqat elektron shaklda xabar yuborish imkoniyatini yaratish orqali qog‘oz shaklida ma’lumot almashinuvidan butkul voz kechish rejalashtirilgan (amaldagi qonunchilik talablariga asosan pensioner ishga qabul qilinganda korxona rahbari 5 kun ichida Pensiya jamg‘armasiga buyruq nusxasini taqdim etishi va ish joyidan pensiya to‘lovini amalga oshirishi shart).

Ma’lumot uchun, 2018-yil 1-iyundan boshlab pensiya ta’minotiga oid 4ta (suyunchi va dafn nafaqasini tayinlash, pensiya tayinlanganlik va miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma olish) xizmatlar davlat xizmatlari markazlari orqali olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring