O‘zbekistonda kutubxonalar assotsiatsiyasi tashkil etildi
O‘zbekistondagi 20 ta turli vazirlik va idoralarga qarashli 12 mingdan ziyod kutubxonalarning ish faoliyatini muvofiqlashtirib borish hamda ularga metodik yordam ko‘rsatish va xalqaro tajribani joriy etish maqsadida O‘zbekiston kutubxonalari assotsiatsiyasi tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston milliy kutubxonasida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Assotsiatsiyaning asosiy vazifalari etib axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risidagi qonun ijrosini ta’minlash uchun qonunosti hujjatlari ishlab chiqish, taklif va tavsiyalar kiritish, kutubxonachilik ishini rivojlantirishning istiqbolli rejalari va dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish hamda ularni xolis ekspertizadan o‘tkazish, istiqbolli rejalari va dasturlarining jamoatchilik muhokamasini tashkil etish, muhokama natijalarining oshkoraligini ta’minlash, kutubxonachilik ishi va madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash kutubxonachilik ishining barcha sohalari va kutubxona jarayonlariga aloqador axborot texnologiyalari bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish, ularni muvofiqlashtirib borishni qo‘llab-quvvatlash va ularga yordam berish kabilar belgilandi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Bosh direktori Laziz Tangriyev ham ishtirok etdi. Unda tashkiliy masalalar ham ko‘rilgan. Xususan, Agentlik tasarrufidagi Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona direktori Alisher Abduazizov assotsiatsiya raisi etib saylandi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va axborot-kutubxona markazlaridagi barcha turdagi axborot-kutubxona resurslarining yagona bazasini shakllantirish va undan boshqa axborot-kutubxona muassasalarida foydalanishni ta’minlash, kutubxona va axborot-resurs markazlari fondida mavjud adabiyotlarning elektron hisob-kitobini yuritish ishlarini takomillashtirish va markazlashtirish, yagona bazasini shakllantirib boradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter