Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamning yangi miqdorlari belgilandi

O‘zbekistonda ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamning yangi miqdorlari belgilandi

Foto: «Xabar.uz»

2019-yil 1-yanvardan boshlab 14 yoshgacha bo‘lgan bolalari bor oilalarga nafaqalar, bola 2 yoshga to‘lgunga qadar uning parvarishi bo‘yicha nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordamning yangi miqdorlari joriy etiladi, deb xabar bermoqda «Norma»

Ayni paytda ushbu nafaqalar va moddiy yordam miqdorlari EKIHdan kelib chiqib belgilanadi. 2019-yildan eng kam ish haqiga bog‘lanmagan, qat’iy belgilangan stavkalar amal qiladi. Quyidagi jadvalda solishtirma tahlil bilan tanishishingiz mumkin.

T/r

 

Ijtimoiy nafaqalarning turlari

 

1.01.2019 yildan boshlab belgilangan miqdor

(so‘mda)

1.01.2019 yilgacha bo‘lgan miqdori

material e’lon qilingan sanadagi EKIHdan kelib chiqib

I

14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa

 

 

 

shundan:

 

 

 

bitta bolali oilaga

122 000

EKIHning 60%i (121 638 so‘m)

 

ikkita bolali oilaga

203 000

EKIHning 100%i (202 730 so‘m)

 

uchta va undan ortiq bolali oilaga

284 000

EKIHning 140%i (283 822 so‘m)

II

Bola 2 yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa

(korxona yoki tashkilotlarda ishlayotgan, ularning mablag‘lari hisobidan ushbu nafaqa to‘lanayotgan onalar bundan mustasno)   

406 000

EKIHning 200%i (405 460 so‘m)

III

Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam

305 000 dan 610 000 gacha

1,5 dan 3 EKIHgacha (304 095 so‘mdan 608 190 so‘mgacha)

Yuqorida ko‘rsatilgan nafaqalar va moddiy yordam turlari mahalliy budjetlar mablag‘lari hamda budjetdan tashqari manbalar (jamoat va xayriya jamg‘armalari, korxonalarning mablag‘lari, fuqarolarning ixtiyoriy xayr-ehsonlari va boshqalar) hisobidan to‘lanadi.

IV

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam

(Qoraqalpog‘iston respublika budjeti va Xorazm viloyatining viloyat budjeti mablag‘lari, shuningdek budjetdan tashqari manbalar (jamoat va xayriya jamg‘armalari, yuridik hamda jismoniy shaxslarning va boshqalarning xayriya ehsonlari) hisobidan to‘lanadi).

406 000 dan 1 014 000 gacha

yil boshida belgilangan 2 dan 5 EKIHgacha (344 480 so‘mdan 861 200 so‘mgacha)

 

Ko‘rib turganimizdek, joriy etilayotgan qat’iy belgilangan miqdorlar amaldagilaridan uncha farq qilmaydi, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatidagi oilalarga moddiy yordam bundan mustasno. Ushbu nafaqalar miqdorlari qariyb 18 foizga oshgan. Bu ularning miqdori yil boshida belgilangan EKIHdan kelib chiqib hisoblanishiga bog‘liq, 2018-yil 1-yanvardagi holatga ko‘ra u 172 240 so‘mni tashkil etgan, hozir esa 202 730 so‘mni tashkil etadi.

Shuni ham eslatib o‘tamizki, yuqorida ko‘rsatilgan nafaqalar va moddiy yordamni to‘lash tartibi quyidagi hujjatlar bilan belgilangan:

  • Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom.

  Hujjat «Xalq so‘zi» gazetasida chop etilgan va 2018-yil 28-dekabrdan kuchga kirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring