O‘zbekistonda taroveh namozlari ado etildi
Kecha, 17-may kuni barcha masjidlarda birinchi taroveh namozi o‘qildi. Poytaxtda taroveh namozi o‘tgan yili 108 ta masjidda o‘qilgan bo‘lsa, bu yil 115 ta masjidda o‘qildi.
2017-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan, 1850 kishiga mo‘ljallangan «Imom at-Termiziy» jome masjidi to‘liq ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi.
Uchtepa tumanida yangi ikkita masjid ham foydalanishga topshirildi. Beshta masjid to‘liq ta’mirdan chiqdi. Jumladan, masjidlarning ozodaligi, hovlilarida mikroiqlim moslamalarining o‘rnatilganligi, zamonaviy sovutgichlar hamda ovoz kuchaytirgichlar yangilanganligi, gilamlarning qayta solingani va eng zamonaviy yoritgichlarning joylashtirilgani masjidlarning yorug‘ va ko‘rkam bo‘lishini ta’minladi.
«Sovuq va issiq suvlarning bir maromda ishlab turganligi bu maskanlarning yanada obod bo‘lishiga zamin yaratdi. Bu kabi o‘zgarishlar hamshaharlarimizni quvontirdi va islom diniga bo‘lgan e’tiqodini yana oshirdi», deyiladi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter