Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ilk bor qizlar sammiti bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda ilk bor qizlar sammiti bo‘lib o‘tadi

Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

Joriy yilning 23-26-mart kunlari Samarqand shahrida ilk bor «Qizlarjon» o‘quvchi-qizlar sammiti bo‘lib o‘tadi.

Ushbu sammit O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda Samarqand viloyati hokimligining hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Sammitda Respublika bo‘yicha har bir hududdan 10 nafardan 14-18 yoshdagi 8-11 sinf o‘quvchi-qizlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirok etishi mumkin:

-«Qizlarjon» klubi koordinatorlari;

-xalqaro va respublika fan olimpiadalari g‘oliblari;

- hunarmandlik bilan shug‘ullanayotgan o‘quvchi-qizlar;

- innovatsion g‘oyalar muallifi bo‘lgan o‘quvchi-qizlar;

- AKT sohasi bilan shug‘ullanuvchi o‘quvchi-qizlar;

- fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirgan o‘quvchi-qizlar;

- fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;

- O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy sardorlari;

- profilaktik hisobdagi o‘quvchi-qizlar (tarbiyasi yaxshilanayotgan).

Sammit doirasida o‘quvchi-qizlar bilim-ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan turli mahorat darslari, tadbirlar va TED-Ed klublarini tashkil etish va yuritish sirlari, Soft skills ko‘nikmalari, Zamonaviy AKT imkoniyatlari va ularni hayotga tadbiq etish usullari, Innovatsion menejment, marketing va PR orqali investitsiyalarni jalb etish kabi mavzulardagi treninglarda ishtirok etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring