Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qizlarni aldov yo‘li bilan Rossiyaga jo‘natayotgan shaxs qo‘lga olindi

Qizlarni aldov yo‘li bilan Rossiyaga jo‘natayotgan shaxs qo‘lga olindi

Foto: Toshkent viloyati IIBB

O‘tkazilgan tezkor tadbirda qizlarni aldov yo‘li bilan Rossiyaga jo‘natayotgan shaxs Toshkent xalqaro aeroportda qo‘lga olingan.

Toshkent viloyati IIBB va uning quyi tizim tezkor xodimlari tomonidan navbatdagi odam savdosi bilan bog‘liq holatga chek qo‘yildi.

Nazorat tadbiri davomida Yangiyo‘l tumanida yashovchi 2002 y.t. «Bonu» taxallusi bilan tanilgan ayol, Toshkent va Xorazm viloyatida yashovchi, ikki nafar tengdoshi (ayollar)ni mo‘may daromad topadigan ish topib berishni va’da qilib, fohishalik bilan shug‘ullantirish maqsadida (Toshkent xalqaro aeroportidan Toshkent — Jukovskiy aviareysi orqali) Rossiya Federatsiyasiga jo‘natayotgan vaqtida viloyat IIBB tezkor xodimlari tomonidan ushlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring