Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ikkita yangi agentlik tashkil etiladi

O‘zbekistonda ikkita yangi agentlik tashkil etiladi

Foto:Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Eksimbank milliy agentligini tuzish konsepsiyasi ustida ish olib borilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 25 iyul kuni Tashqi savdo vazirligida Jamshid Xo‘jayev va Stefk Slavov boshchiligidagi Jahon banki delegatsiyasining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lum qilinishicha, vazir uchrashuv chog‘ida O‘zbekistonda Eksimbank milliy agentligini tuzish ustida ish olib borilayotgani haqida gapirib o‘tgan.

«Eksportga yo‘naltirilgan kredit mablag‘larni sug‘urtalash bo‘yicha Agentlik hamda Eksimbank milliy agentligini tuzish bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqilmoqda», deydi u.

Shu o‘rinda Jahon banki mutaxassisi Tomas Vis ham «eksport amaliyotini sug‘urtalash» rivojlangan davlatlar tajribasida keng uchrashini qayd etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring