Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ichimlik suvi ultrabinafsha nurlar bilan zararsizlantirilishi mumkin

O‘zbekistonda ichimlik suvi ultrabinafsha nurlar bilan zararsizlantirilishi mumkin

Foto: «Xabar.uz»

2021 yilning 25 fevral kuni «O‘zsuvta’minot» AJ boshqaruvi raisi Sohib Saifnazarov Rossiyaning «LIT» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi vakillari bilan muzokara o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston sharoitida suv va havoni turli virus va bakteriyalardan zararsizlantirishda zamonaviy texnologiyalar, shu jumladan, ultrabinafsha nurlardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.



«LIT» IIChB shunday uskunalarni ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Ultrabinafsha zararsizlantirish – ultrabinafsha nurlarining mikroorganizmlarga ta’sir ko‘rsatishiga asoslangan fizik usuldir. Ultrabinafsha nurlanish turli virus, bakteriya va boshqa zararkunandalarning DNKlari tarkibini buzib tashlaydi, hujayralar bo‘linishining oldini oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring