Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda «Yevropa kuni» nishonlanadi

O‘zbekistonda «Yevropa kuni» nishonlanadi

O‘zbekistonda «Yevropa kuni» – tinchlik va birdamlik qadriyatlariga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkaziladi.

2023 yilda «Yevropa kuni» Yevropada ham, O‘zbekistonda ham inson kapitalining ahamiyatiga urg‘u berilgan holda o‘tkaziladi. Shuningdek, Umumjahon inson huquqlari deklaratsiyasining 75 yilligi ham diqqat markazida bo‘ladi.

«Yevropa kuni» doirasida quyidagi tadbirlar tashkil etilishi kutilmoqda:

  • 5 may kuni klassik musiqa konserti o‘tkaziladi. Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik opera va balet teatrida gala-konsert simfonik orkestr, teatrning yetakchi opera, xor va balet yakkaxonlari ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Jahon opera klassikasining sara asarlari yangraydi, mashhur baletlardan sahnalar ijro etiladi. Konsert bepul, kirish taklifnomalar asosida bo‘ladi.
  • 6 may kuni Toshkent botanika bog‘ida «Yevropa kuni» festivali o‘tkaziladi. Festival Yevropa va O‘zbekiston o‘rtasida ta’lim va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning ahamiyatini, Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar madaniyati va an’analarining turfa xilligini yaqqol namoyish etadi, shuningdek hamkorlik doirasida taklif etilayotgan istiqbollarni o‘rganish imkonini beradi. Kirish bepul.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring