Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda cho‘l hududlarini rivojlantirish maqsadida «Yashil cho‘l laboratoriyasi» Konsepsiyasi ishlab chiqildi

O‘zbekistonda cho‘l hududlarini rivojlantirish maqsadida «Yashil cho‘l laboratoriyasi» Konsepsiyasi ishlab chiqildi

Foto: Innovatsion Rivojlanish vazirligi axborot xizmati

Orol dengizi hududi, Qizilqum cho‘li va respublikamizning suv tanqis bo‘lgan boshqa cho‘l hududlarini keng rivojlantirish maqsadida Innovatsion Rivojlanish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining cho‘l hududlarini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni loyihasi ishlab chiqildi. Qaror ilovasida «Yashil cho‘l laboratoriyasi» Konsepsiyasi keltirilmoqda.

Bu haqida Innovatsion Rivojlanish vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur farmon loyihasi Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti va Fanlar Akademiyasining Botanika institutlari tomonidan o‘rganib chiqildi va respublikaning cho‘l hududlarida «Yashil cho‘l laboratoriyasi»ni tashkil etish to‘g‘risidagi innovatsion takliflar qo‘llab-quvvatlandi.

Foto: Innovatsion Rivojlanish vazirligi axborot xizmati

Respublikamizda sug‘oriladigan yer maydonlari yildan-yilga qisqarib bormoqda. Orolbo‘yidagi qurigan hududdan tuz va boshqa mineral moddalarning shamol orqali tarqalishi, o‘simliklar dunyosining yildan-yilga qisqarib borishi va suv taqchilligi oqibatida cho‘llanish darajasi yildan yilga oshib bormoqda.

Mazkur loyiha bo‘yicha birinchi navbatda Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi cho‘l hududida zamonaviy innovatsion cho‘l laboratoriyasini tashkil qilish rejalashtirilgan. Hududlarni bosqichma-bosqich cho‘l o‘simliklari dunyosi bilan boyitib borish, issiq iqlim sharoitiga moslasha oladigan o‘simlik turlarini ko‘paytirish loyihaning asosiy maqsadlaridan biridir. Shuningdek, hududda hayvonot dunyosini ortga qaytarish, qorako‘lchilik uchun ozuqa bazasini yaratish; bio xilma-xillikni oshirish vazifasi ham qo‘yilgan. Bundan tashqari, ekin yerlarni qo‘riqlash choralarini ko‘rish, cho‘llanish holatlarini yumshatish, ekoturizm va agroturizmni rivojlantirish ham loyiha doirasidagi muhim masalalardandir.

Mazkur loyiha respublikadagi cho‘llashish jarayonini kamaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring