O‘zbekistonda chang-g‘uborli havo qachongacha davom etishi aytildi
So‘nggi 150 yil ichida O‘zbekistonda bunday chang-g‘ubor hodisasi kuzatilmagan. Bu haqda AOKAda «O‘zgidromet» markazi axborot xizmati rahbari Munisa Asilxo‘jayeva ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.
«O‘zgidromet»ning Toshkent shahrida joylashgan havo sifatini ifloslantiruvchi moddalar tahlilini yurituvchi avtomatik statsionar kuzatuv postlarida chang miqdori keskin ko‘tarila boshladi. Avvaliga chang miqdori ruxsat etilgan me’yordan 5 barabarga, keyinroq mahalliy vaqt soat 21:00 va 23:00 orasida 30 barobargacha ko‘tarilishi qayd etildi.
Mahalliy vaqt bilan soat 23:00 dan boshlab havo tarkibidagi chang miqdorini pasayish tendensiya kuzatildi va bu davr oralig‘ida chang miqdori ruxsat etilgan me’yoriy ko‘rsatkichdan 10 barobar yuqoriligi saqlanib qolmoqda.
Yog‘ingarchilik kutilmayotgani bois chang g‘uborlar yaqin kunlar ichida ham saqlanib qolinishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter