O‘zbekistonda AQSh universiteti filiali ochilishi mumkin
2018-yil 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Amerika advokatlar assotsiatsiyasi (AAA) prezidenti Robert Karlson va ushbu tashkilotning boshqa mutasaddilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
AAA vakillari tomonidan ularning yuridik kasbni qo‘llab-quvvatlash, jumladan, odil sudlovni amalga oshirishni yaxshilash, OO‘Yularini akkreditatsiyadan o‘tkazishdagi roli haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, AAA vakillari huquq ustuvorligi dasturi, xususan, to‘g‘rilash uslubiyoti, tergov standartlari, tegishli tadbirlar va inson huquqlari bo‘yicha yuristlarning kasb malakasi va texnik ekspertizasini oshirish bo‘yicha yetakchi xalqaro amaliyot almashish imkoniyati, korrupsiya, odam savdosi, ekstremizmga qarshi kurash, sarmoyaviy nizolar kabi sohalarda yuzaga kelayotgan masalalar bo‘yicha treninglar tashkil qilish jarayonlari bilan ham tanishtirdi.
O‘z navbatida R.Davletov AAA vakillarini huquq tartiboti, advokatura, adliya organlari va muassasalari, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash tizimida amalga oshirilayotgan ustuvor islohotlar bilan tanishtirdi. Tomonlar hozirgi vaqtda jamiyat oldida turgan huquqiy da’vatlarga doir fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
AAAning AQShda yuridik kadrlar malakasini oshirish va yuridik yo‘nalishdagi OO‘Yularini akkreditatsiyadan o‘tkazishdagi muhim rolini hisobga olgan holda O‘zbekistonda AQShning yuridik OO‘Yularini ochish, shuningdek, o‘zbekistonlik huquqshunoslar uchun trening va kurslar tashkil qilishda ko‘mak ko‘rsatish masalalari ko‘rib chiqildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter