O‘zbekistonda aholi zichligi oshib bormoqda
2023-yilning 1-iyul holatiga O‘zbekistonda 1 km kv yer maydoniga o‘rtacha 81 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotida aytiladi.
Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda o‘rtacha 1,7 kishiga ortgan (2022 yil 1-iyul holatiga 1 kv km ga 79,3 kishi).
2023-yilning 1-iyul holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 372 437 kishini tashkil etmoqda.
Shahar joylarda – 18 557,5 ming kishi
Qishloq joylarda – 17 814,9 ming kishi
Avvalroq berilgan xabar ko‘ra, aholi soni 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,2 foizga ko‘paygandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter