O‘zbekistonda 11-noyabr dam olish kuni deb e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni umumxalq bayrami, deb e’lon qilindi.
Hujjatga muvofiq, 11-noyabr barcha uchun bayram sifatida dam olish kuni bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda O‘zbekistonda quyidagi sanalar bayram — dam olish kuni hisoblanadi:
1-yanvar — Yangi yil;
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni;
21-mart — Navro‘z;
9-may — Hotira va qadrlash kuni;
1-sentyabr — Mustaqillik kuni;
1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni;
8-dekabr — Konstitutsiya kuni.
Ramazon va Qurbon hayiti kunlari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter