O‘zbekiston xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalasida koreyalik investorlar bilan hamkorlik qiladi
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Narbayeva Koreya Ixtirochi Ayollar Assotsiatsiyasi Prezidenti Yun Mung Xi rahbarligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi. Bu haqda Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Uchrashuvda tomonlar o‘zaro ixtirochilik faoliyati yuzasidan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish va tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish hamda xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalasida koreyalik investorlarni jalb qilish bo‘yicha bir qancha masalalarni kelishib oldi.
Shu kunning o‘zida Toshkent shaxridagi Inha unversitetida O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktori va Toshkent shaxridagi Inha unversiteti rektori, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining vakillari va yetakchi ekspertlari tomonidan Koreya Ixtirochi Ayollar Assotsiatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda xotin-qizlarning ixtirolari uchun xalqaro patentlar olish, chet ellarda o‘tkaziladigan tanlov, ko‘rgazma va forumlarda ishtirok etishda qo‘llab-quvvatlash, shuningdek dasturchi xotin-qizlar ishlanmalarini xalqaro darajaga olib chiqish bo‘yicha suxbatlashildi.
Koreya Ixtirochi Ayollar Assotsiatsiyasining delegatsiyasi a’zolari O‘zbekiston xotin-qizlari uchun yaratilayotgan milliy sa’nat namunalari ko‘rgazmasi bilan tanishish uchun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga tashrif buyurdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter