O‘zbekiston xalqaro demokratiya indeksida o‘z o‘rnini yaxshiladi
Buyuk Britaniyada joylashgan «The Economist Intelligence Unit» kompaniyasi tomonidan yuritiluvchi Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksining 2020 yil yakunlarini e’lon qildi.
O‘zbekiston Respublikasi indeksda 2,12 ball bilan 155-o‘rinni egallab, 2 pog‘ona ijobiy o‘sishga erishdi. Ushbu natija indeksning «Siyosiy ishtirok» indikatori bo‘yicha mamlakatimizga berilgan ballar sezilarli yaxshilanganligi evaziga erishilgan.
Shu bilan bir qatorda, ekspert guruhi tomonidan mintaqa mamlakatlari, shu jumladan, O‘zbekistonga berilgan umumiy ta’rifda oxirgi yillarda hukumatning va siyosiy partiyalarning siyosiy qarashlariga ishonch ortib borayotganligi alohida qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter