O‘zbekiston va Rossiya elektr energiyasi sohasida hamkorlik qiladi
«O‘zbekenergo» AJda Rossiya Federatsiyasi energetika vazirligi departamenti boshlig‘i Aleksey Kiryakov hamda «Inter RAOEES» kompaniyasi vakili Sergey Perevedensev bilan «O‘zbekenergo» rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «O‘zbekenergo» AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, issiqlik elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish, yangi elektr energiya ishlab chiqarish quvvatlarini hamkorlikda qurish masalalarini muhokama qilishdi. Xususan, «Toshkent IES», «Navoiy IES», «Taxiatosh IES» va «Angren IES»da jami 18 ta energobloklarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish hamda «O‘zbekenergo»ning «Angren IES» va «Yangi Angren IES»ga ishonchli va innovatsion boshqaruvga o‘tish uchun o‘zaro hamkorlik aloqalarini amalga oshirish borasidagi masalalar tahlil etildi.
O‘z navbatida, Rossiya Federatsiyasi energetika vazirligi departamenti boshlig‘i Aleksey Kiryakov samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, bu borada Rossiya energetika vazirligi «O‘zbekenergo» AJ bilan o‘zaro hamkorlik uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga tayyor ekanligini bildirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter