O‘zbekiston Turkiyaga insonparvarlik yordami jo‘natdi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, 2-may kuni Turkiyaga COVID-19 infeksiyasi tarqalishini oldini olish uchun tibbiy buyumlardan iborat insonparvarlik yordami yuborildi, deya xabar berdi O‘zA.
Maxsus yuk samolyotida Istanbulga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan bir martalik respirator — Ecos N 95 tibbiy niqobidan bir million dona yetkazilgan.
Ta’kidlash joizki, 2-may kuni O‘zbekiston Hindistonga mobil kislorod konsentratorlari to‘plamlari, ehtiyoj yuqori bo‘lgan turli dori vositalaridan tarkib topgan gumanitar yordam yuborgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter