Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston temir yo‘llari» ekspress konteyner yuk poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘ydi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» ekspress konteyner yuk poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘ydi

Foto: «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ axborot xizmati

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati Toshkent-Pop-(Roustan)-Marg‘ilon-Andijon yo‘nalishida ekspress konteyner yuk poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘ydi. Mazkur poyezd aniq jadval asosida harakatlanadi.

20 futlik konteynerlarda yuklar Toshkentdan Andijonga, shuningdek, Andijondan Toshkentga 10 soatda olib boriladi. Agar konteynerlar Pop, Marg‘ilon stansiyalariga yuboriladigan bo‘lsa, u holda yuk yanada qisqaroq vaqtda o‘z egasiga yetkaziladi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» axborot xizmati xabar berdi.

«Qishning qahraton sovuq, qorli kunlarida Qamchiq dovonidagi tirbandliklar, ovoragarchiliklar, ortiqcha vaqt yo‘qotishlar tadbirkorlarning ishlarida ko‘plab noqulayliklar keltirib chiqaradi. Mazkur ekspress konteyner yuk poyezdi aynan shunday holatlarning oldini olish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab quvvatlash va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yildi», - deyiladi xabarda.

Platformaga konteynerlarni ortish va tushirish jarayonlari temir yo‘l tomonidan amalga oshiriladi. Uning harajatlari har bir konteyner uchun to‘lanadigan umumiy to‘lov  hisobi (1 mln so‘m)ga kiritilgan.

Ma’lum qilinishicha, bugun dastlabki qatnovini boshlagan ekspress konteyner yuk poyezdi harakati ushbu yo‘nalishda 1 haftada 2 marta amalga oshiriladi. Keyinchalik buyurtmalar ortishiga qarab qatnovlar sonini ko‘paytirish, bundan tashqari respublikamizning boshqa xudulariga ham bunday poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring