O‘zbekiston temir yo‘li Hirotgacha boradi
O‘zbekiston va Afg‘oniston Prezidentlarining uchrashuvida «Termiz — Hayraton — Mozori Sharif — Hirot» temir yo‘lini davom ettirish bo‘yicha ham muzokaralar olib borilgan. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi.
Aytilishicha, ayni paytda mazkur temir yo‘lining xavfsizlik choralari bo‘yicha memorandum ishlab chiqilmoqda. Yaqin kunlarda bu memorandum kuchga kiradi. Unda temir-yo‘l infratuzilma ob’yektlarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choralar o‘z aksini topgan. Loyihani amalga oshirish uchun ikki davlat mutaxassislari jalb qilingan.
«Termiz — Hayraton — Mozori Sharif — Hirot» temir yo‘lini 3 yil davomida qurib bitkazish ko‘zlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter