O‘zbekiston naslli quyon yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston naslli quyon yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur tashkilotning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida quyonchilikni rivojlantirishga ko‘maklashish, a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va erkin raqobat muhitini yaratish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ximoya qilish hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter